DTPI o‘qituvchisi Fransiyaning Nitsa shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida

DTPI o‘qituvchisi Fransiyaning Nitsa shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida

2026-yil 25-noyabrdan 8-dekabrgacha Fransiyaning go‘zal Nitsa (Nice) shahrida fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro malaka oshirish treningi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv dasturida O‘zbekistondan 25 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Trening Fransiyaning "Francophonia" ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, O‘rta yer dengizi sohilidagi Kot-d’Azur (Côte d’Azur) hududida, Nitsa shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu malaka oshirish dasturida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi fransuz tili o‘qituvchisi Iskadarova Mohira ham ishtirok etmoqda hamda dasturda turli mamlakatlardan kelgan o‘qituvchilar bilan tajriba almashmoqda!

Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fransuz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘rganish, xalqaro tajriba almashish hamda xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishdan iborat.

DTPI o‘qituvchisi Fransiyaning Nitsa shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida

Manba: t.me/dtpi_uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish