Filologiya fakultetida “Ekologik madaniyat — bugun va kelajak” ma’rifat darsi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida talaba-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik muammolar yuzasidan bilim va tushunchalarini kengaytirish maqsadida “Ekologik madaniyat — bugun va kelajak” mavzusida Ma’rifat darsi tashkil etildi.
Dars Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi mas’ullari tomonidan Zoom platformasi orqali olib borildi.
Mashg‘ulot davomida ekologik madaniyatning mazmun-mohiyati, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning oldini olish hamda yoshlarning tabiatni asrashdagi mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati





Manba: t.me/dtpi_uz