“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2026-yil kuzgi mavsumida faol ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida fakultet jamoasi tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlarga 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, mavjud yashil hududlarni obodonlashtirish, ko‘chatlarni parvarishlash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va yashil maydonlarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu xayrli tashabbus nafaqat hududlarimizga ko‘rk bag‘ishlash, balki ekologik muvozanatni saqlash, havoning musaffoligini ta’minlash, jamoada tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Zero, bugun ekilgan har bir nihol-ertangi kun uchun yaratilgan bebaho ne’mat, kelajak avlodga qoldiriladigan yashil merosdir.

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

“Yashil makon”: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ekdi

Manba: t.me/dtpi_uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish