Yashil kampus

Infratuzilma va yashil hudud

Kampusda yashil hududlarni kengaytirish, ko‘kalamzorlashtirish va qulay dam olish joylarini yaratish.

“Yashil makon” loyihasi: Rektor bog‘i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut rektori Oybek Ruziyev tomonidan Rektor bog‘i tashkil qilindi. Bog‘ga jami 172 tup ko‘chat ekildi.

Ko‘chat turiSoni
O‘rik24
Bodom5
Shaftoli9
Olma6
Olcha21
Gilos6
Mayskiy gilos7
Xurmo9
Nok3
Anor1
Manzarali daraxt2
Marjabeka archa49
Goluboy keparis archa4
Sasna archa2
Qizil atirgul19
Meksikanskiy5
Jami172

Tashabbus institut hududi va atrof-muhitning yanada obod bo‘lishiga xizmat qiladi, talaba va xodimlar uchun qulay ekologik muhit yaratadi. Ko‘kalamzorlashtirish loyihalari kelgusida ham kengaytiriladi.

“Ziyolilar bog‘i”

15-mart kuni institut vakillari oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…” shiori ostidagi bahorgi ko‘chat ekish marafonida faol ishtirok etib, “Yashil makon” loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etdi.

2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

Davlat dasturi doirasida institut rektori O.A. Ruziyev Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor D. Tursunov, dekan o‘rinbosarlari va fakultet tyutorlariga fakultet binosi atrofidagi bo‘sh yerlardan unumli foydalanish hamda obodonlashtirish ishlarini jonlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: dtpi.uz — Yashil institut

Tegishli loyihalar

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish