“Yashil makon” — tabiatni asrash yo‘lida ezgu tashabbus
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Pedagogika fakulteti dekani Ra’no Vasiyevna Salomova, fakultet koordinatori Mavluda Turg‘unovna, tyutorlar hamda ko‘ngilli talabalar ishtirokida volontyorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar qalbida tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbus fakultet jamoasining hamjihatligini mustahkamlash, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va yurtimizning yanada obod hamda yashil bo‘lishiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
Tabiatni asrash — kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimiz!
Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_uz | @dtpi_yoshlari



Manba: t.me/dtpi_uz/62785