“Xavfsizlik — hayot kafolati”: favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish mashg‘uloti
Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, ularning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ma’rifiy-amaliy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari, Milliy gvardiya xodimlari hamda tez tibbiy yordam mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday holatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida muhim ma’lumotlar berildi.
Bunday tadbirlar yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, hayotiy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, Vatanga sadoqat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, xavfsiz hayot, yurt tinchligi va inson salomatligi — eng oliy qadriyatlardir!





Manba: t.me/dtpi_uz