“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARShIMIZ!

DTPI Pedagogika fakultetida talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Qosimova Gulzoda hamda Pedagogika ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 1-P-2025-guruh talabalari ishtirok etishdi.

Suhbat davomida zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga — jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boshqa turlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, uning oldini olish hamda jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Biz zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshimiz!

Keling, befarq bo‘lmaylik! Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashaylik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmatga asoslangan jamiyatni birgalikda barpo etaylik!

Psixolog faoliyati

DTPI psixologi D.Xolmuminova hamda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Hasanova hamkorligida Denov tadbirkorlik va pedagogika institut talaba-yoshlariga “Taziyiq va zo‘rovonlikka qarshi kurashda psixolog maslahati” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Denov tumani IIB profilaktika katta inspektori, mayor G‘uljamol Elmurodova ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi; Talabalarga tazyiq va zo‘ravonlikning inson ruhiyati hamda jismoniy salomatligiga salbiy ta’sirini tushuntirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquqlarini himoya qilish va shaxsiy chegaralarini belgilash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Kutilayotgan natija: Seminar-trening yakunida talabalarning huquqiy va psixologik bilimlari oshadi, zo‘ravonlik holatlarini anglash, ularga to‘g‘ri munosabat bildirish va zarur hollarda yordam so‘rash ko‘nikmalari rivojlanadi.

Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz!

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash haftaligi doirasida “Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, psixolog D.Xolmuminova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mayor G.Elmurodova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O.Karimova hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, oilada va jamiyatda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga befarq bo‘lmaslik, bunday vaziyatlarda qonuniy himoya mexanizmlaridan foydalanish hamda har bir insonning huquq va qadr-qimmatini hurmat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Zo‘rovonlikka qarshi 16 kunlik” mavzusiga oid tarqatma materiallar tarqatildi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”: talaba-qizlarning huquqiy savodxonligi va psixologik himoyasi

Manba: t.me/dtpi_uz (1), t.me/dtpi_uz (2), t.me/dtpi_uz (3)

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish