“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro aksiyasi doirasida Denov tumanida ma’rifiy tadbir
Denov tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” xalqaro aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda mas’ul rahbarlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Xususan, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zosi N.H.Lutfullayeva, Surxondaryo viloyati hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.A.Xidirova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi B.Noraliyev, tuman IIB profilaktika inspektori G.Elmurodova, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Hasanova, mahalla xotin-qizlar faollari hamda talaba-qizlar qatnashdilar.
Muloqot davomida oilada sog‘lom muhitni qaror toptirish, jabrlangan ayollarga ko‘rsatiladigan huquqiy kafolatlar va amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Bu borada davlat idoralari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida xotin-qizlarning qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.





Manba: t.me/dtpi_uz