IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

21-noyabr kuni IT Community of Uzbekistan Denovda Roadshow tashkil qildi. IT Community Roadshow Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Denov va Termizdan kelgan ishtirokchilar bir joyga jamladi. Tadbirni yanada ommabop va qulay qilish maqsadida, Termiz shahridan kelgan ishtirokchilar uchun bepul transport yo‘lga qo‘yildi.

Kun davomida spikerlar IT sohasida karyera qurish, bozor ehtiyojlarini o‘rganish, frilansing va AIdan professional faoliyatda va kontent yaratishda foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalarini ulashdi. Ishtirokchilar networking sessiyalarida spikerlarga savollar berish, professional aloqalarini kengaytirish, kofe-breyklar davomida muloqot qilish hamda interaktiv o‘yinlar orqali sovrinlar yutib olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bilim va tajribalarini ulashgan spikerlarimizga minnatdorchilik bildiramiz: Shavkat Karimov, Anna Ambrozevich, Amir Hotami, Ruslanbek Raxmonov, Shuxrat Mirzayev, Dilafruz Xidoyatova, Azam Umarov, Ilhomjon Aliyev, Nozima Sharifova, va Robiya Obidjonova.

Qo‘llab-quvvatlagan homiylarimizga rahmat: Uzum, Huawei, UZCARD, EPAM. Shuningdek, hamkorlarimizga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz: School 21, Women in Tech, OLX, Free.uz va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

IT Community Roadshow: DTPI beshta tashkilot bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish