Xalqaro bag‘rikenglik kuni: Filologiya fakultetida “Bag‘rikenglik nima?” chellenji
YuNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil 16-noyabrda bo‘lib o‘tgan 28-sessiyasida qabul qilingan Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi dunyoda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim xalqaro hujjatlardan biri hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qaroriga muvofiq, 16-noyabr sanasi har yili Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat.
Shu munosabat bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari hamkorligida “Bag‘rikenglik nima?” mavzusida mazmunli chellenj tashkil etildi.





Manba: t.me/dtpi_uz