1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

“OITSga qarshi kurashish — sog‘lom hayot garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish, OIV infeksiyasi va OITS haqida to‘g‘ri tushuncha berish hamda kasallikning oldini olish choralarini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati Pedagogika fakulteti koordinatori Mavluda Turg‘unovna hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Dilshoda Ravshanova ishtirokida tashkil etildi.

Suhbat davomida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, undan himoyalanish choralari, profilaktika va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, OIV bilan yashayotgan insonlarga nisbatan kamsitishning oldini olish, ularga hurmat va insonparvarlik bilan munosabatda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

Zero, bilim — himoya, ogohlik — salomatlik garovidir!

Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_yoshlari @dtpi_manaviyat

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni: sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti

Manba: t.me/dtpi_uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish