Rektor O. Ruziyevning maqolasi Scopus Q1 “IEEE Access” jurnalida chop etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda Prof. Dr. Sardor Mamarasulovning “Audio Has No Pulse: Detecting Lip-Sync Deepfakes via Broken Physio-Acoustic Coupling” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli “IEEE Access” Q(1) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.
Tadqiqot audio va tasvir o‘rtasidagi fiziologik-akustik bog‘liqlik buzilishlari orqali lab harakatlari soxtalashtirilgan deepfake videolarni aniqlashga bag‘ishlangan.
Ushbu natija raqamli texnologiyalar sohasidagi dolzarb muammolarga ilmiy yechim topish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim yutuqdir.
Institut jamoasi nomidan Oybek Ruziyev va Prof. Dr. Sardor Mamarasulovni samimiy tabriklaymiz! Mualliflarga kelgusi izlanishlarida yangi g‘oyalar, samarali hamkorlik va yuksak natijalar tilaymiz.
Manba: dtpi.uz