8-mart— Xalqaro xotin-qizlar kuni
Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Yoshlar ittifoqi faollari va fakultet talabalari tashabbusi bilan “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida fakultetning oqila ustozlari va lobar talaba-qizlariga bo‘lgan yuksak ehtirom namoyon etildi. Aniq fanlarning aniqligi va tabiatning nafosati bir nuqtada birlashgan ushbu kunda, talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, dildagi ezgu tilaklar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/52505