Aberdin universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasi uchun 10 000 dollarlik grant yutgan talaba tajribasi bilan bo‘lishdi

Aberdin universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasi uchun 10 000 dollarlik grant yutgan talaba tajribasi bilan bo‘lishdi

Bugun institutimizda Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan, University of Aberdeen (Buyuk Britaniya) universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi magistratura mutaxassisligi uchun $10,000 grant yutib olgan 4-kurs talabasi Omonkeldiyev Jamshid ishtirokida "Xorijda ta’lim granti" seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida talabalar quyidagi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:

Dunyoning TOP-500 talikka kiruvchi universitetlariga hujjat topshirish jarayoni,

Xalqaro grantlarni qo‘lga kiritish sirlari va strategiyalari,

Chet elda ta’lim olishning afzalliklari va qiyinchiliklari,

Ariza topshirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ulardan qochish usullari.

Seminar ilhomlantiruvchi va motivatsion muhitda o‘tdi.

Kelajakda xorijiy universitetlarda o‘qishni rejalashtirayotgan barcha yoshlarni shunday seminar va tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

t.me/dtpixab

DTPI Matbuot xizmati

Aberdin universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasi uchun 10 000 dollarlik grant yutgan talaba tajribasi bilan bo‘lishdi

Aberdin universiteti (Buyuk Britaniya) magistraturasi uchun 10 000 dollarlik grant yutgan talaba tajribasi bilan bo‘lishdi

Manba: t.me/dtpi_uz/33494

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish