Adigey davlat universiteti bilan “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” telemosti
Mazkur ilmiy-amaliy tadbirda institutimiz rektori O.A. Ruziyev boshchiligida professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Tomonlar zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligi, ularning pedagogik jarayonda qo‘llanilishi hamda o‘zaro tajriba almashinuvi masalalarini muhokama qildilar.
Zoom orqali o‘tgan uchrashuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.




Manba: dtpi.uz