Amaliy matematika talabalari Denov “Yoshlar sanoat zonasi”da

Amaliy matematika talabalari Denov “Yoshlar sanoat zonasi”da

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori hamda 1-kurs “Amaliy matematika” yo‘nalishi talabalari Denov tumanidagi “Yoshlar sanoat zonasi”ga tashrif buyurishdi. Tashrif fakultet talabalari bilimini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, sanoat jarayonlarini yaqinroq o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Talabalar sanoat zonasida korxonalar faoliyati bilan tanishib, xom-ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish bosqichlari, texnologik jarayonlar va mahsulot sifati nazorati bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, innovatsion startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamda zamonaviy raqamli iqtisodiy yondashuvlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Tashrif talabalar uchun nazariy bilimlarni real amaliyot bilan mustahkamlash, tahlil qilish va kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi.

DTPI Matbuot xizmati

Amaliy matematika talabalari Denov “Yoshlar sanoat zonasi”da

Amaliy matematika talabalari Denov “Yoshlar sanoat zonasi”da

Amaliy matematika talabalari Denov “Yoshlar sanoat zonasi”da

Manba: t.me/dtpi_uz/46819

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish