Anadolu Universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Anadolu Universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Anadolu Universiteti o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi va institutning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan:

professor-o‘qituvchilarni turk tiliga o‘qitish va malakasini oshirish,

akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish,

qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish,

tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi hamda kelgusida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Anadolu Universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Anadolu Universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Manba: t.me/dtpi_uz/49223

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish