“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir”
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida fakultet talaba-qizlari o‘rtasida bellashuv tashkil etildi.
Bellashuvdan ko‘zlangan maqsad — talaba-qizlarda milliy qadriyatlarga hurmat, oilaviy hayotga mas’uliyat hissini shakllantirish, ularni go‘zallik, nafosat va ma’naviyat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Bank ishi yo‘nalishi talabalari jamoasi “Yosh bankirlar”ga,
2-o‘rin — Tarix yo‘nalishi talabalari jamoasi “Nafosat”ga,
3-o‘rin — Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalari jamoasi “AyTi parilari”ga nasib etdi.
Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Bunday tadbirlar talaba-qizlarning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va ijtimoiy faolligini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.



Manba: t.me/dtpi_uz/52447