Bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish: Sho‘rchi tumani bandlik markazi bilan hamkorlik
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.f.d (PhD)., dotsent
D.M.Boboqulova Sho‘rchi tumanidagi "Aholi bandligiga ko‘maklashish" markazida bo‘lib, u yerga tashrif buyurgan bitiruvchi talabalarga mehnat bozoridagi ehtiyojlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish tartib-qoidalari yuzasidan zaruriy tavsiya hamda yo‘nalishlar berdi.
Tashrif davomida bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish imkoniyatlari va bandlik masalalari bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning ijtimoiy himoyasi va mehnat bozoriga kirib borishiga xizmat qilmoqda.
DTPI Matbuot xizmati

Manba: t.me/dtpi_uz/41888