Bitiruvchilar uchun “Workshop Day”: mehnat bozoriga tayyorlov
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.
Tadbir davomida bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyatlari, kasbiy rivojlanish, zamonaviy mehnat bozori talablari va pedagogik faoliyatda zarur bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talabalarni o‘z ustida muntazam ishlashga, tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga undovchi tavsiyalar berildi.



Manba: dtpi.uz