Bitiruvchilarimizga xorijiy grantlar topshirildi

Bitiruvchilarimizga xorijiy grantlar topshirildi

Institutimizning rus tili va adabiyoti kafedrasi Nijniy Novgorod shahridagi Lingvistika universiteti bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Hamkorlik doirasida Rossiya ta’lim grantlarini olish uchun 2 turdan iborat xalqaro olimpiada o‘tkazildi va mazkur olimpiadada 50 dan ziyod bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Kecha olimpiada g‘oliblariga xalqaro sertifikatlarni topshirish marosimi onlayn tarzda o‘tkazildi. Rus tili instituti direktori K.G.Golubeva olimpiada g‘oliblarini ta’limning magistratura bosqichini Nijniy Novgorod shahrida davom ettirish huquqini qo‘lga kiritgan 10 nafar bitiruvchilarimizga ta’lim grantlarini taqdim etdi.

Institutimiz rektori O.A.Ruziyev ham ushbu tantanali marosimda ishtirok etib, hamkorlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda bitiruvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etdi.

Bitiruvchilarimizga xorijiy grantlar topshirildi

Bitiruvchilarimizga xorijiy grantlar topshirildi

Bitiruvchilarimizga xorijiy grantlar topshirildi

Manba: t.me/dtpi_uz/35979

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish