Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz
Joriy yilning 20-fevral kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi bilan Denov tumanlararo OITS markazining oliy toifali shifokori S.E.Ibragimova, O.Safarovalar hamkorligida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida OIV/OITS infeksiyasining oldini olish va unga qarshi kurashishda tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida OIV infeksiyasining turlari, tarqalish yo‘llari, ushbu kasallikni oldini olish usullari, profilaktikasi, uning inson salomatligi uchun salbiy oqibatlari haqida taqdimot, videoroliklar orqali tushunchalar berildi.
Talabalarga OIV infeksiyasi haqida bukletlar tarqatildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishidi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/33434