BMTning “Kambag‘allikka barham berish” maqsadiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars

BMTning “Kambag‘allikka barham berish” maqsadiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ra’no Salomova tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri — «Kambag‘allikka barham berish» yo‘nalishiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq darsga tayyorgarlik jarayonida bir oy davomida talabalar Denov, Uzun, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlaridagi mahallalarda bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati, kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘rgandilar.

Shuningdek, talabalar mahalla yettiligi, ijtimoiy xodimlar, tuman hokimliklari va «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati bilan tanishib, mavjud muammolar yuzasidan tahlillar olib bordilar.

Eng muhimi, amaliy o‘rganishlar natijasida talabalar bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan innovatsion ijtimoiy loyiha ishlab chiqildi. Ayni paytda loyihani intellektual mulk sifatida huquqiy himoya qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

BMTning “Kambag‘allikka barham berish” maqsadiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars

BMTning “Kambag‘allikka barham berish” maqsadiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars

BMTning “Kambag‘allikka barham berish” maqsadiga bag‘ishlangan innovatsion ochiq dars

Manba: t.me/dtpi_uz/63262

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish