Dang‘ara davlat universitetidan akademik mobillik talabalari bilan uchrashuv
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev tomonidan Tojikiston Respublikasining Dang‘ara davlat universitetidan akademik mobillik dasturi asosida institutimizda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifati va akademik mobillik dasturlarining ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularning savollariga tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






Manba: dtpi.uz