Doktorantning kobalt koordinatsion birikmasi bo‘yicha maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi

Doktorantning kobalt koordinatsion birikmasi bo‘yicha maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Ruziboyeva Go‘zal Sultonaliyevna hamda ilmiy rahbari, professor To‘rayev Hayit Xudoynazarov bilan hamkorlikda tayyorlangan “A trinuclear oxo-bridged cobalt(II) coordination cluster with 1,3,4-thiadiazole-2,5-diamine: Crystal structure, structural characterization and antimicrobial activity” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli Inorganic Chemistry Communications (Q1) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

Mazkur ilmiy natija institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi hamda yosh olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi ortib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Institut jamoasi nomidan Ruziboyeva Go‘zal Sultonaliyevnani ushbu muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yuksak natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Manba: dtpi.uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish