“Dolzarb 90 kun” doirasida volontyorlik tadbiri
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashabbusi bilan navbatdagi volontyorlik tadbiri muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Mazkur tadbir doirasida institutda tashkil etilgan ota-onalar kutish joylarida xizmat ko‘rsatish bilan birga, Denov, Uzun va Sariosiyo tumanlarida maktab bitiruvchilari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchilarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Volontyor talabalar tomonidan institutning ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan sharoitlar, erkin va faol talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Bu jarayon yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab savollarga javob berilishiga sabab bo‘ldi.



Manba: t.me/dtpi_uz/42076