DTPI “Boysun bahori” ichki turizm yarmarkasida ishtirok etdi
DTPI professor-o‘qituvchi va talabalari "Boysun bahori" turizm kompleksida bo‘lib o‘tgan ichki turizm yarmarkasida faol ishtirok etishdi
2025-yil 17-mart kuni DTPI Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri K.Turabayeva, professor-o‘qituvchilari M.Ashurova, B.Asadov, F.Nurova va Turizm yo‘nalishi talabalari Boysun tumanida tashkil etilgan turizm yarmarkasida qatnashib viloyatda turizm salohiyatini oshirish, mahalliy hunarmandchilik va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitishdi.
Ma’lumot o‘rnida DTPIda turizm yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri K.Turabayeva Viloyat turizm boshqarmasi bilan talabalarni amaliyotlarini o‘tashlari uchun hamkorlik shartnomasini imzoladi.
O‘quv jarayonida zamonaviy turizm texnologiyalari, marketing, mehmonxona va yo‘lovchi xizmatlari, madaniy merosni saqlash kabi yo‘nalishlarda malakali kadrlar yetishtirilmoqda.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/34939