DTPI delegatsiyasi Xitoyning Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

DTPI delegatsiyasi Xitoyning Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

DTPI delegatsiyasi XXRning Zhenjiang shahrida joylashgan Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy tadqiqot, akademik almashinuv hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida fikr almashildi.

Jiangsu University Xitoyning nufuzli OTMlaridan biri bo‘lib, muhandislik, iqtisodiyot, menejment hamda xalqaro ta’lim yo‘nalishlaridagi yuqori salohiyati bilan ajralib turadi. Universitet zamonaviy ilmiy infratuzilma, innovatsion tadqiqot markazlari va xalqaro hamkorlikdagi faol ishtiroki bilan ham tanilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro dasturlar hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro ma’lumot almashdilar.

Shuningdek, yaqin kunlarda DTPI va Jiangsu University o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

DTPI delegatsiyasi Xitoyning Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

DTPI delegatsiyasi Xitoyning Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

DTPI delegatsiyasi Xitoyning Jiangsu universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

Manba: t.me/dtpi_uz/56602

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish