DTPI Koreya kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

DTPI Koreya kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamda Koreyaning “NOVA AGRO Local Propagation Platform” kompaniyasi bosh direktori Jeong Gun Ho o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

Inistitutda koreys texnologiyalari asosida jenshen yetishtirish, zamonaviy gidroponik issiqxona tashkil etish va tajribani Surxondaryo fermer xo‘jaliklariga joriy qilish.

Talabalar va mutaxassislar uchun Koreyada stajirovka, malaka oshirish hamda kompaniya korxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish.

Jenshen va boshqa dorivor ekinlar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

Koreya tomoni bilan hamkorlikda Inistitutimizda jenshenni in vitro usulida yetishtirish bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaga Koreya tominidan investitsiya kiritadi, institimiz esa ishlab chiqarish uchun joy ajratadi.

Mazkur hamkorlik TDPIning ilmiy salohiyatini oshirish, amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va Surxondaryo viloyatida yangi, yuqori daromadli agroyo‘nalishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

DTPI Koreya kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Manba: t.me/dtpi_uz/62807

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish