DTPI olimlari “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” respublika konferensiyasida

DTPI olimlari “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” respublika konferensiyasida

Joriy yilning 21-22-noyabr sanasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Tadbirda ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi psixologlar kunning ikkinchi yarmida ham dolzarb mavzularga bag‘ishlangan taqdimotlarni muhokama qilmoqda. Konferensiyada zamonaviy yoshlar tarbiyasi, shaxs psixologiyasi, raqamli makonning ruhiy rivojlanishga ta’siri, o‘smirlar xulqi va emotsional barqarorlikni mustahkamlash kabi masalalar e’tibor markazida turibdi.

Konferensiya doirasidagi munozaralar yoshlar tarbiyasi va shaxs rivojiga oid dolzarb masalalarga yangicha yondashuvlarni ilgari surishga, psixologik xizmatlarni takomillashtirishga va amaliy faoliyatda qo‘llaniladigan yangi metodikalarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Ushbu konferensiyada DTPI psixologi Dilshoda Xolmuminova ham ishtirok etmoqda.

DTPI Matbuot xizmati

DTPI olimlari “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” respublika konferensiyasida

DTPI olimlari “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” respublika konferensiyasida

DTPI olimlari “Zamonaviy psixolog: muammo va yechimlar” respublika konferensiyasida

Manba: t.me/dtpi_uz/47967

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish