DTPI professor-o‘qituvchilari Tojikistonning Dang‘ara davlat universitetidagi konferensiyada
🏻 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Tojikistonning Dangara davlat universitetida bo‘lishib, “Aniq matematika va tabiiy fanlarning zamonaviy ta’limdagi o‘rni” mavzusidagi konfrensiyada ishtirok etishdi.
Konferensiyada kimyo va kimyo texnologiyalari kafedrasi mudiri S.Ismatov, shu kafedra o‘qituvchisi K.Yorov, biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi M.Xolmuratov, Karyera markazi mas’ul xodimi A.Allanazarovlar qatnashishdi.
DTPI va Dang‘ara davlat universiteti bilan yaqin hamkorlik va talabalarni amaliyoti va bandligi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik borasida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/54256