DTPI rektori iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonidagi imkoniyatlar hamda talabalik hayotini yanada mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda rektor iqtidorli talabalarni institut hayotida faol ishtirok etishga, ilmiy va madaniy tadbirlarda qatnashishga chaqirdi. Institutda zamonaviy o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, talabalar uchun qulay ta’lim muhiti yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Rektor O.A.Ruziyev institut rahbariyati talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini bildirdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/56889