DTPI talabalari Rossiyadagi Pushkin institutida tahsil olmoqda
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishi 302-RT-2022 guruh talabalari — Xaynazarov Baxriddin Sirojiddin o‘g‘li va Qurbonov Qurbonali Abduvosixovichlar 2024–2025 o‘quv yilining II-semestrini Rossiya Federatsiyasining A.S.Pushkin nomidagi Davlat rus tili institutida o‘qimoqdalar.
Talabalarimizning tahsili samarali davom etmoqda. Ular zamonaviy uslublar va ilg‘or metodikalar asosida darslarda faol ishtirok etishmoqda, yangi tajribalar orttirishmoqda.
Guruh tyutori U.Omanov tomonidan ular bilan ijtimоiy tarmoqlar orqali doimiy muloqot olib borilmoqda.
Bunday loyihalar yoshlarimizning til o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va xalqaro tajriba orttirishlarida muhim ahamiyatga ega.





Manba: dtpi.uz