DTPI talabalari — “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi sovrindori

DTPI talabalari — “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi sovrindori

Surxondaryo viloyatida yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazgan “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Denov tumanidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari ishtirok etib, munosib natija qayd etdilar.

Faxr bilan ta’kidlaymiz: Denov tumani jamoasi 2-o‘rinni egalladi!

Talabalarimiz nazariy bilim, birinchi yordam ko‘rsatish, chodir tikish, dor yo‘lidan o‘tish, estafeta va krossfit kabi murakkab shartlarda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

Ushbu natija — talabalarimizning nafaqat bilimli, balki har qanday vaziyatda tezkor va dadil harakat qila oladigan, jamoaviy ishlash ko‘nikmasiga ega yoshlar ekanining yana bir yorqin isbotidir!

DTPI talabalari bilan faxrlanamiz! Kelajakdagi musobaqalarda yanada yuqori marralar tilaymiz!

DTPI talabalari — “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi sovrindori

DTPI talabalari — “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi sovrindori

DTPI talabalari — “Volontyor-qutqaruvchi” musobaqasi sovrindori

Manba: t.me/dtpi_uz/61166

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish