DTPI talabasi tuman “Ilmiy, innovatsion va start-up loyihalar” tanlovida muvaffaqiyat qozondi
2025-yil 15 mart kuni Uzun tumanida tuman hokimligi tomonidan “Ilmiy, innovatsion va start-up loyihalar” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan institutimizning "Aniq va tabiiy fanlar" fakulteti Kimyo ta’lim yo‘nalishi 11K-2023-guruhi talabasi Ergasheva Shaxrizoda Bo‘riboyevna dotsent Dilmurod Shukurov ilmiy rahbarligida faxrli II-o‘rinni egallab, sertifikat va qimmatbaho estalik sovg‘a bilan mukofotlandi.
Tanlov yoshlarning muhandislik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion, texnologik va start-up loyihalarini saralab olish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu yutug‘i bilan institut jamoasi Sh.Ergasheva va D.Shukurovni tabriklaydi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/34809