DTPI va 76-maktab hamkorligi: biologiya fanidan mahorat darsi tashkil etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Denov tumani 76-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, oliy ta’limga yo‘naltirish va fanlarga bo‘lgan bilimini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida institutning Biologiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi A.T.Bolliyev tomonidan biologiya faniga qiziquvchi bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan mahorat darsi (master-klass) o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda biologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari, zamonaviy ilmiy yutuqlar, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, kelgusida biologiya yo‘nalishida ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir viloyat hokimligi tomonidan institutga biriktirilgan maktablar bilan hamkorlikni rivojlantirish, iqtidorli va fanlarga qiziquvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni oliy ta’limga tayyorlash borasidagi ishlarning amaliy ifodasidir.


Manba: t.me/dtpi_uz/62915