DTPI va Dang‘ara davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Dang‘ara davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi (MOU) imzolandi. Ushbu memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi:
Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Professor-o‘qituvchilar almashinuvi.
Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
DTPIda Tojik ilmiy-madaniy markazini tashkil etish.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/35215