DTPI va Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

DTPI va Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi.

Shartnoma doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar borasida hamkorlik qilish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

DTPI va Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

DTPI va Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

DTPI va Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Manba: t.me/dtpi_uz/62809

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish