DTPI vakili xalqaro konferensiyada

DTPI vakili xalqaro konferensiyada

Joriy yilning 16–17 fevral kunlari Istanbul Tijorat Universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida 1-Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli anjumanda turli davlatlardan olimlar, mutaxassislar hamda jamoat arboblari ishtirok etib, zamonaviy jamiyatda oila institutini qo‘llab-quvvatlash, uning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Mazkur xalqaro konferensiyada DTPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nodira Xasanova ham O‘zbekistonning faol va lider ayollari qatorida ishtirok etmoqda.

Uning mazkur anjumandagi ishtiroki yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganining yana bir ifodasidir. Konferensiya doirasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqotlar o‘tkazilmoqda.

DTPI vakili xalqaro konferensiyada

DTPI vakili xalqaro konferensiyada

DTPI vakili xalqaro konferensiyada

Manba: t.me/dtpi_uz/51413

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish