DTPI vakillari “Xatlon – turizmning qaynoq yuragi” xalqaro forumida
Joriy yilning 20–21-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati, Ko‘lob shahrida “Xatlon – turizmning qaynoq yuragi” mavzusida xalqaro turizm forum-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Forumda DTPI rektori Ruziyev Oybek Abdimuminovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘rayev Baxtiyor Rajabovich hamda raqamli iqtisodiyot kafedrasi professori Radjabov O‘tkir Do‘snayevich ishtirok etmoqda.
DTPI ushbu xalqaro forumda ta’lim va turizm yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish, mintaqaviy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslar bilan qatnashmoqda.



Manba: t.me/dtpi_uz/40504