DTPI vakillari “Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” tanlovining viloyat bosqichida
“Yoshlar — giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari munosib ishtirok etdi.
Tanlov davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida yoshlar ongida tushuncha hosil qilish hamda ijodiy yondashuvlarni namoyon etish bo‘yicha jamoalar o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “DIDAKTIKOS” jamoasi “Sog‘lom turmush tarzi” nominatsiyasida diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jamoa, ayniqsa, eng kuchli g‘oyaga ega sahna chiqishi va mahoratli aktyorlik qobiliyati bilan hakamlar e’tiboriga sazovor bo‘ldi.



Manba: t.me/dtpi_uz/56631