DTPI “Xatlon – turizmning qaynab turgan yuragi” xalqaro forumida
Tadbirda institut rektori Oybek Ruziyev turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Taqdimotlar davomida O‘zbekistonning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, agroturizm, ekoturizm, tibbiy va gastronomik sayyohlik yo‘nalishlarini aks ettirgan videoroliklar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Forum doirasida muhim hamkorliklarga erishildi. Institut tomonidan quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolandi:
Kulob davlat universiteti (Tojikiston)
Tojikiston Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar universiteti
Ushbu hamkorliklar xalqaro tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalar va akademik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi!






Manba: dtpi.uz