DTPIda “Eko-Innovatsion – 2025” ekologik loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Eko-Innovatsion – 2025” nomli ekologik loyihalar ko‘rgazmasi katta ishtiyoq bilan o‘tkazildi. Ko‘rgazmada ekologik toza energiya manbalari, chiqindilardan qayta foydalanish, suvni tejash texnologiyalari kabi dolzarb mavzular yoritildi.
Loyihalar ko‘rgazmasida 15 ga yaqin iqtidorli talabalar atrof-muhit muammolari yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va startap loyihalari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/44512