DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

Bugun 2025-yilda Indoneziya Madaniyat markazini Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi! 🇮🇩🇺🇿

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvda Indoneziya elchixonasi, Indoneziyaning Pendedikan universiteti va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida kelgusi hamkorlik va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Indoneziya Madaniyat markazi:

Indoneziyaning boy madaniyati va ta’lim tizimini tanishtirish,

Tadbirkorlik va madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash,

Innovatsion g‘oyalar va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratadi.

2025-yilda bu markaz ochilishi rejalashtirilgan va O‘zbekiston hamda Indoneziya o‘rtasida yanada kuchli aloqalar va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga olib keladi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun bu loyiha yoshlarimizga global ta’lim va madaniyatlararo aloqalarda yangi imkoniyatlar yaratadi.

DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

DTPIda Indoneziya madaniyat markazi ochilishi kelishildi

Manba: dtpi.uz

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish