DTPIda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi olis tog‘li hududda joylashgan 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Instituti rektori O.Ruziyev o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib institutda mavjud bo‘lgan fakultet va yo‘nalishlar haqida ma’lumot berib, har bir yo‘nalishning o‘quv rejalari, afzalliklari, kasbiy imkoniyatlarini tushuntirib o‘tdilar.
Maktab o‘quvchilari uchun “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan "BIOLOGIYA" fani kursida qatnashib imtiyozli sertifikatlarga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilari namuna qilindi. Shuningdek talaba-yoshlarni sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun institut bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
O‘quvchilar Registrator ofis, RIM, Kelajakka qadam, Hind markazlari, Axborot resurslar markazi, Karyera markazi, o‘quv laboratoriya xonalari, talabalar turar joyi va sport majmuasida bo‘ldilar. O‘quvchi-yoshlar o‘zlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55763