DTPIda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoshlarni oliy ta’limga keng jalb etish, ularga institut faoliyati va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Denov tumanidagi 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv jarayonlari, muzey eksponatlari, Axborot-resurs markazi hamda Karyera markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlarga institutda tahsil olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va oliy ta’limga kirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash hamda oliy ta’limga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_manaviyat @dtpi_yoshlari



Manba: t.me/dtpi_uz/62846