DTPIda PRESETT va AELLCA loyihalariga bag‘ishlangan seminar-trening
PRESETT va AELLCA dasturlariga bag‘ishlangan seminar-treningni Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi quyi va yuqori kurslari mudirlari Valisher Tangriyev hamda Dilshod Tog‘aymurodov tomonidan o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim metodlari, interfaol o‘qitish yondashuvlari va refleksiya amaliyotlari bo‘yicha tajriba almashdilar – bu usullar o‘qituvchilar malakasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Seminar davomida CPD (Continuing Professional Development), PRESETT va AELLCA kabi ilg‘or ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlar berildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar innovatsion o‘qitish strategiyalarini samarali joriy etish hamda refleksiya amaliyotlarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Bunday tashabbuslar ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy o‘sishiga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynaydi.
DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram



Manba: t.me/dtpi_uz/33238