Ekologik partiya bilan “Biz tabiat himoyachilarimiz” ekologik zakovat o‘yini
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik Partiyasi tomonidan “Biz tabiat himoyachilarimiz” nomi ostida zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Zakovat davomida jamoalar ekologiya va tabiatni muhofaza qilish mavzusida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, faol ishtirok etishdi va o‘zlarining ijodiy yondashuvlarini namoyon qilishdi.
Natijada:
1-o‘rin — “Pedagogika” jamoasi
2-o‘rin — “Schoolars” jamoasi
3-o‘rin — “Serebro” jamoasi
“Pedagogika” jamoasi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Tadbirning maqsadi — talabalarda ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish va tabiatga mehr ruhini singdirishdan iborat bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_yoshlari @Dtpi_uz



Manba: t.me/dtpi_uz/45899