Erasmus+ doirasidagi “Imkoniyat va tenglikni kengaytirish” seminarida DTPI ishtiroki
Erasmus+ dasturi doirasida 4–5 dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan “Inklyuziv xalqarolashtirish: Oliy ta’lim dasturlarida imkoniyat va tenglikni kengaytirish” mavzusidagi Texnik yordam missiyasi seminarida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur Tog‘aev ham faol ishtirok etdi.
Seminar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida, HEREs faoliyati doirasida tashkil etildi.
Seminarda Yevropaning EHEA ekspertlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislari, inklyuziv ta’lim bo‘yicha mas’ullar va ta’lim tadqiqotchilari ishtirok etishdi.
DTPI Matbuot xizmati


Manba: t.me/dtpi_uz/48869