Ezgu niyat volontyorlari: ma’rifat, ekologik ong va tarixiy qadriyatlar sari

Ezgu niyat volontyorlari: ma’rifat, ekologik ong va tarixiy qadriyatlar sari

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi «Ezgu niyat» volontyorlari koordinatori Xalilova Durdona Erkin qizi tashabbusi bilan bir guruh faol volontyorlar Oltinsoy tumanidagi 36-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilariga Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining ta’lim yo‘nalishlari, talabalik hayoti, yaratilgan imkoniyatlar hamda yoshlar uchun mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan tabiatni asrash, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish mavzularida samimiy suhbat tashkil etildi. Ularning tabiat va ekologiyaga oid fikr-mulohazalari tinglanib, qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi. Faollik ko‘rsatgan o‘quvchilar volontyorlar tomonidan rag‘batlantirildi.

Tashrifning navbatdagi manzili esa Oltinsoy tumanida joylashgan Mavlono Muhammad Zohid hamda So‘fi Ollohyor ziyoratgohlari bo‘ldi. Volontyorlar ushbu qadamjolarda bo‘lib, buyuk ajdodlarimizning hayoti, ma’naviy merosi va tarixiy qadriyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. O‘zaro fikr va ma’lumotlar almashinuvi orqali milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom yanada mustahkamlandi.

«Ezgu niyat» — ezgulik sari birlashgan yoshlar jamoasi!

Rasmiy sahifalarimiz: @Dtpi_manaviyat @dtpi_yoshlari

Ezgu niyat volontyorlari: ma’rifat, ekologik ong va tarixiy qadriyatlar sari

Ezgu niyat volontyorlari: ma’rifat, ekologik ong va tarixiy qadriyatlar sari

Ezgu niyat volontyorlari: ma’rifat, ekologik ong va tarixiy qadriyatlar sari

Manba: t.me/dtpi_uz/63022

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish